Ulug'bek Qodirov 

Ulug'bek Nosirovich Qodirov; Tug'ilgan sanasi: 1983-yil, 3-avgust; Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri; Ma'lumoti: Oliy. Toshkent davlat san'at institutini tamomlagan; Tamomlagan maktabi: Toshkent shahridagi 34-maktab; Xullas, u haqida bilmoqchi bo'lsangiz, ichkariga tashrif buyuring... Burji: Arslon; Sevimli guli: Nilufar; Yaxshi ko'rgan mashinasi: «Mersedes» va «BMW»; Yoqtirgan taomi: Palov va rayhonli moshxo'rda; Kiyinishi: Zamonaviy; Sevimli rangi: Qora; Kamchiligi: Kamgap; Hayotdagi shiori: «Hamisha olg'a»; Ish joyi: O'zbek Milliy akademik drama teatri; Ilk roli: «Ayol zoti»da Bobur Yo'ldoshev bilan birga ijro etgan; Ikkinchi va katta roli: Murod Rajabovning «Akademiya» filmida; Uni xalqqa tanitgan roli: «Sarvinoz»dagi Odil obrazi; Yoqtirgan sport turi: Kurash. Bir paytlar yakkama-yakka kurashda oyog'ini sindirgan; U uchun eng muhimi: Ota-onasi, yaqinlarining salomatligi va sevimli kasbi; Armoni: Muhabbat; Bo'sh paytlarida: Detektiv janridagi kitoblar o'qiydi; Tanqidga munosabati: Ijobiy; Ilk ustozlari: Erkin Komilov, Turg'un Azizov, Murod Rajabov, Hamida Mahmudova; Sahnaga ilk marotaba: San'at institutining 2-kursida o'qiyotganda «Gamlet», «Qirol Lir» va boshqa ommaviy sahnalarda ishtirok etgan; Qo'rqadi: E'tibordan qolishdan va hech kimga keraksiz bo'lib qolishdan; Ijro etishni xohlaydigan rollari: Shekspirning «Gamlet» asaridagi «Gamlet», «Romeo va Julyetta» asaridan esa Romeo; Hurmat qiladigan klassik rejissori: Shuhrat Abbosov; Yangi avlod rejissorlaridan: Zulfiqor Musoqov, Rustam Sa'diyev, teatr rejissorlaridan Valijon Umarov, shogirdi Jo'rabek Ro'zimetovlarning ijodini hurmat qiladi. Katta ekranga chiqqan kinolari: «Sarvinoz», «Baxt uchun million» - Odil, «Fotima va Zuhra» - Shohruh, «Devona» - Shodivoy, «O`yin» - Jamshid, «Shabbona» - Bahrom, «Jazo» - Jasur; Birga ishlagan rejissorlari: Bahrom Yoqubov, Said Muxtorov; Ijro etgan qo'shig'i: Yosh xonanda Shoira Azimova bilan «Kel, jonim» dueti; Kinodagi hamkorlari: Shahzoda, Sevinch Mo'minova, Jamila G'ofurova, Aida, Shodiya To'xtayeva, Gulchehra Eshonqulova; Oilada: 5 farzandning kenjasi. Islombek, Feruza, Aziza, Dilfuza va Ulug'bek; Hozirda: «Panoh» kinofilmida suratga tushyapti; Agar rejissor bo'lganida: Ko'cha hayoti haqida film suratga olardi; Kino yoki teatr: Ikkalasini ham birdek yaxshi ko'radi. Ammo teatr birinchi o'rinda; Birga suratga tushishni xohlaydi: Yodgor Sa'diyev, Yoqub Ahmedov, Furqat Fayziyev kabi ustoz san'atkorlar bilan. Jahon yulduzlaridan esa Al–Pachino, Alen Delon va Bred Pittlar bilan; Hurmat qiladigan insoni: Onajonisi; Uning gapirishini Tohir Sodiqovga o'xshatishadi; U ko'proq yurak izmiga bo'ysunadi. Chunki u his qiladi; O'n yildan keyin u o'zini Hollivudda ko'radi; Uning uchun pul: Hech narsa. Qo'lning kiri, bugun bor, ertaga yo'q; 2005-yil: Uning uchun juda omadli va esda qolarli yil bo'lgan. Chunki u o'sha paytda «Yilning eng yaxshi yosh aktyori» nominatsiyasiga sazovor bo'lgan; Orzusi: Hindistonning eng iste'dodli aktyori Shohruh Xondek mukofotlarni qo'lga kiritganida ularni Shohruh Xon bilan birga «yuvish»; U baxtni oilasi, do'stlari yonida to'rt muchasi sog' holda bo'lish deb biladi. Aslida yashash ham bu - baxt; Baxtsizligi esa yaqin kishilaridan judo bo'lish; Bolaligida uning xoli katta bo'lib ketishidan qo'rqishardi; 2004-yilda: Otasi vafot etdi. Uning uchun bu og'ir judolik edi; U haqida tarqalgan mish-mish: Xonanda Shahzoda bilan turmush qurarmish; Mashhur bo'lish uchun juda ko'p ishlash kerak deb hisoblaydi; Tan oladigan xonandasi: Lola. Unga qoyil qoladi; Uning fikricha, aktyor teatrda «pishadi»; U harbiy maktabda tahsil olgan: Ammo o'qishni oxirigacha davom ettira olmagan. Sog'lig'i pand bergan; Aktyorlik qismatim deb ayta olmaydi. Negaki, erkak kishiga qirq hunar ham oz; Irimlarga ishonmaydi. Hammasi omadga bog'liq; Qo'shig'ining matni va musiqasini Shahnoz yozib bergan. Musiqiy sayqali esa Ravil Gimazutdinovga tegishli. Uning fikricha: «Peshonaga nima bitilgan bo'lsa, hech kim undan qochib qutula olmaydi»; Kinodan tashqari dublyajda ham samarali ijod qilgan; Rejissor Bahrom Yoqubov bilan birga ishlash yoqimli, deb hisoblaydi. Chunki u aktyordan nima talab qilayotganini sodda va aniq tushuntirib bera oladi; Farrux Soipov u uchun raqobatdosh emas, kasbdosh

Manba: tarona.net
dle



Выберете нужную серию для просмотра.
SAYTIMIZDAN HOHLAGAN VIDEONI KO'CHIRIB OLISHINGIZ MUMKIN. BUNING UCHUN SIZGA INTERNET DOWNLOAD MANAGER DASTURI KERAK BO'LADI. DASTURNI KO`CHIRIB OLISH UCHUN BU YERGA BOSING. DASTURNI KO`CHIRIB OLGANINGIZDAN SO`NG KOMPYUTERGA O`RNATASIZ. KEYIN SAYTGA QAYTADAN KIRASIZ. EKRANNING PASTKI CHAP BURCHAGIDA "Скачать видео с этой страницы" DEGAN YOZUV PAYDO BO'LADI. O'SHA YOZUVGA BOSIB KO`CHIRIB OLASIZ.
Ismingiz:
E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Suratdagi so'zlarni kiriting: *
REKLAMA

...
ONLINE TV
TOP 10
SO'ROVNOMA
Sizningcha 2016-yilda O'zbekfilm ijodkorlari tomonidan suratga olingan eng yaxshi film qaysi?
Baron
Majnun
Dadam bilmasin
Men yolg'onchiman
Ko'z yoshim 2
Qaysarginam
Telba emasman
Qochqin
Payshanbada payshanbagacha 2
Sevgi balki bu jannat 2
Notanish qotil
Toshtabib
Boshqasi
Hech biri


Barcha so'rovnomalar

HOZIR SAYTDA
Hozir saytda: 74
Ro'yhatdan o'tganlar: 1
Ro'yhatdan o'tmaganlar: 73
seR